Biznesingizni avtomatlashtiramiz
Daftar, Excel va Telegram guruhlar oʻrniga — bitta qulay tizim. Telegram botdan tortib filiallar va omborni boshqaradigan toʻliq tizimgacha.
Web · iOS · Android · Windows · macOS
Mijozlarimiz
- Midea
- Goodwell
- TechVision
10+ doʻkon EasySale’da
Xizmatlar
Kichik botdan butun kompaniya tizimigacha
Har bir loyiha aniq narx, muddat va bosqichlar bilan boshlanadi. Ishga tushirgandan keyin ham qoʻllab-quvvatlaymiz.
- 01
Telegram bot
Buyurtmalar Telegram guruhda yoʻqolib ketyaptimi?
Bot buyurtma va yozuvlarni qabul qiladi, katalogni koʻrsatadi va hammasini jadvalga yozadi. Kerak boʻlsa, AI mijozlar savollariga katalogingiz asosida javob beradi.
$400 danBatafsil - 02
Biznes sayt
Mijozlar sizni Google’da topa olmayaptimi?
Xizmatlaringizni aniq tushuntiradigan, tez ochiladigan va ariza yigʻadigan sayt.
$1,000 danBatafsil - 03
Internet doʻkon
Instagram’da direktdan sotish qiyinlashdimi?
Katalog, savatcha, toʻlov va yetkazib berish. Buyurtmalar admin panelga tushadi.
$3,000 danBatafsil - 04
Mobil va desktop ilovalar
Xodimlar yoki mijozlar uchun oʻz ilovangiz kerakmi?
Telefon, planshet va kompyuter uchun ilovalar. Tizimingiz bilan bitta bazada ishlaydi.
$5,000 danBatafsil - 05
Biznes tizim va integratsiya
Ombor va filiallar hali ham Excel’da yuritiladimi?
Savdo, ombor va filiallarni bitta tizimda koʻrasiz. Mavjud dasturlaringiz (1C, ombor tizimi) bilan bogʻlaymiz, takroriy ishlarni esa AI bajaradi: hujjatlarni oʻqish, yozishmalarni saralash.
$6,000 danBatafsil
Telegram bot, sayt yoki mobil ilova yaratish narxi qancha?
Boshlangʻich narxlar: Telegram bot — $400 dan; Biznes sayt — $1,000 dan; Internet doʻkon — $3,000 dan; Mobil va desktop ilovalar — $5,000 dan; Biznes tizim va integratsiya — $6,000 dan. Aniq narx funksiyalar soni va integratsiyalarga bogʻliq. Birinchi bepul suhbatdan keyin narx va muddat yozilgan taklif yuboramiz.
Loyiha qancha vaqtda tayyor boʻladi?
Oddiy Telegram bot odatda 1–2 haftada, biznes sayt 2–4 haftada tayyor boʻladi. Internet doʻkon, ilova va biznes tizimlarni bosqichma-bosqich topshiramiz: birinchi ishlaydigan qismini bir necha haftada koʻrasiz.
Mavjud dasturimiz (1C, ombor tizimi) bilan bogʻlay olasizlarmi?
Ha. Bu bizning asosiy ishlarimizdan biri: masalan, Goodwell doʻkonlar tarmogʻi tizimini ularning ichki ombor tizimi bilan bogʻlaganmiz. Avval mavjud dasturingizni koʻrib chiqamiz, keyin integratsiya rejasini taklif qilamiz.
Loyihada AI ishlatsa boʻladimi?
Ha, foydasi bor joyda. Masalan, Telegram bot mijozlar savollariga katalogingiz asosida javob beradi, tizim esa hujjatlarni oʻqiydi va yozishmalarni saralaydi. AI’ni alohida xizmat emas, mavjud tizimingizning bir qismi sifatida qoʻshamiz.
Ishga tushirgandan keyin qoʻllab-quvvatlaysizlarmi?
Ha. Ishga tushirgandan keyin xatolarni tuzatamiz, yangi funksiyalar qoʻshamiz va tizim barqaror ishlashini kuzatamiz.
Kod va ma’lumotlar kimga tegishli boʻladi?
Sizga. Loyiha toʻliq toʻlangandan soʻng manba kodi, ma’lumotlar bazasi va barcha kirish huquqlari sizga topshiriladi.
Toshkentda emasman. Qanday ishlaymiz?
Butun Oʻzbekiston va xorijdagi mijozlar bilan masofadan ishlaymiz: Telegram, qoʻngʻiroq va video-uchrashuvlar orqali. Har bosqich natijasini oʻzingiz sinab koʻrasiz.
Toʻlov qanday boʻladi?
Bosqichma-bosqich: ish boshlanishidan oldin birinchi bosqich uchun, keyin har bir bosqich topshirilganda. Hammasini oldindan toʻlashingiz shart emas.
Loyihangizni muhokama qilamiz
4 ta qisqa savolga javob bering, narx va muddatni aytamiz.