Xizmatlar

Mobil va desktop ilova yaratish

Xodimlaringiz yoki mijozlaringiz uchun oʻz ilovangiz: telefon, planshet va kompyuter uchun. Ilova saytingiz va tizimingiz bilan bitta bazada ishlaydi.

Narx
$5,000 dan
Muddat
Bosqichma-bosqich

Kimlar uchun

  1. 01

    Xodimlar uchun

    Sotuvchi, kuryer yoki omborchi ilovasi: buyurtma, skaner, hisobot.

  2. 02

    Mijozlar uchun

    Buyurtma, bonuslar va bildirishnomalar.

  3. 03

    Desktop dastur

    Kassa, ombor yoki ofis uchun Windows va macOS dasturi.

Nimalar kiradi

  • iOS va Android (React Native)
  • yoki Windows va macOS (Electron)
  • Tizimingiz bilan bitta ma’lumotlar bazasi
  • Push-bildirishnomalar
  • App Store va Google Play’ga joylash

Loyihalarimizdan

  • Goodwell

    Mobil ilova

    Doʻkon xodimlari va sotuvchilar uchun ichki ilova: QR-kod orqali mahsulot va ombor ma’lumotlari.

Narx

$5,000 dan

Bu boshlangʻich narx. Aniq narx funksiyalar va integratsiyalarga bogʻliq: bepul suhbatdan keyin yozma taklif beramiz.

Barcha narxlar va narx nimaga bogʻliq

Qanday ishlaymiz

  1. 01

    Bepul suhbat

    Vazifangizni tushunamiz: hozir qanday ishlaysiz, nima kerak, qaysi dasturlar bilan bogʻlash kerak.

  2. 02

    Taklif va narx

    Yozma taklif yuboramiz: narx, muddat va bosqichlar.

  3. 03

    Ishlab chiqish

    Bosqichma-bosqich ishlaymiz, har bir bosqich natijasini oʻzingiz sinab koʻrasiz.

  4. 04

    Ishga tushirish

    Ishga tushiramiz, xodimlaringizga koʻrsatamiz va keyin ham qoʻllab-quvvatlaymiz.

Savollar

Mobil ilova yaratish narxi qancha?

Ilova $5,000 dan boshlanadi. iOS va Android uchun bitta kod (React Native) ishlatamiz, shuning uchun ikkala platforma alohida-alohida qilingandan arzonroq tushadi.

Ilovani App Store va Google Play’ga joylaysizlarmi?

Ha, joylash va doʻkonlar tekshiruvidan oʻtkazishni oʻzimiz qilamiz. Xohlasangiz, ilova sizning developer akkauntingizdan joylanadi.

Desktop ilova qaysi tizimlarda ishlaydi?

Windows va macOS’da. Electron yordamida bitta ilova ikkala tizimda ishlaydi.

Ilova mavjud tizimimiz bilan ishlay oladimi?

Ha. Ilova saytingiz yoki biznes tizimingiz bilan bitta bazada ishlaydi, ma’lumotlar hamma joyda bir xil boʻladi.

Sizga ham shunday tizim kerakmi?

4 ta qisqa savolga javob bering, narx va muddatni aytamiz.