Biz haqimizda
Kichik jamoa. Katta tajriba.
Biz — 5 dasturchidan iborat jamoamiz, ulardan 3 nafari 5 yildan ortiq tajribaga ega senior dasturchilar. Loyihangizni menejer bilan emas, kodni yozadigan odamlar bilan muhokama qilasiz.
- dasturchi
- 5
- dasturchi
- senior dasturchi, har biri 5+ yil tajriba
- 3
- senior dasturchi, har biri 5+ yil tajriba
- tugallangan loyiha
- 20+
- tugallangan loyiha
- doʻkon EasySale’da ishlaydi
- 10+
- doʻkon EasySale’da ishlaydi
Nega Nexura?
Oʻzbekistondagi koʻp bizneslar hali ham daftar, Excel va Telegram guruhlarda yuritiladi. Buyurtmalar yoʻqoladi, ombordagi qoldiq taxminan ma’lum, filiallarda nima boʻlayotganini egasi kechqurun qoʻngʻiroq qilib bilib oladi.
Biz bunday bizneslar uchun tizimlar quramiz: kichik Telegram botdan tortib butun doʻkonlar tarmogʻini boshqaradigan tizimgacha. Hozirgacha mijozlarimizning deyarli hammasi tavsiya orqali kelgan: biri bilan yaxshi ishlasak, u keyingisini olib keladi.
Oʻz mahsulotimiz EasySale’ni ham shu tajribadan yaratdik. Bugun u 10+ doʻkonda har kuni ishlaydi. Demak, biz dasturni nafaqat topshiramiz, balki yillar davomida qoʻllab-quvvatlashni ham bilamiz.
Muhammadaziz, Nexura asoschisi
Jamoa va texnologiyalar
Har bir yoʻnalishda shu ish bilan yillar davomida shugʻullangan mutaxassis.
| Backend va tizimlar | Python, JavaAPI, integratsiyalar, ma’lumotlar bazalari | API, integratsiyalar, ma’lumotlar bazalari |
|---|---|---|
| Frontend | Next.js, React, VueSaytlar, admin panellar, internet doʻkonlar | Saytlar, admin panellar, internet doʻkonlar |
| Mobil | React NativeiOS va Android ilovalar | iOS va Android ilovalar |
| Desktop | ElectronWindows va macOS ilovalar | Windows va macOS ilovalar |
Qanday ishlaymiz
- 01
Toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot
Kodni yozadigan dasturchi bilan gaplashasiz. Oʻrtada menejerlar zanjiri yoʻq.
- 02
Narx va muddat oldindan
Ish boshlanishidan oldin narx, muddat va bosqichlar yozma taklifda kelishiladi.
- 03
Bosqichma-bosqich
Har bir bosqich natijasini oʻzingiz sinab koʻrasiz, keyin keyingisiga oʻtamiz.
- 04
Kod va ma’lumotlar sizniki
Toʻliq toʻlovdan soʻng manba kodi va barcha kirish huquqlari sizga topshiriladi.
- 05
Ishga tushirgandan keyin ham
Xatolarni tuzatamiz, yangi funksiyalar qoʻshamiz va tizim barqaror ishlashini kuzatamiz.
Oʻzimiz yaratgan mahsulot
EasySale
EasySale — chakana savdo uchun ERP/POS tizimi. Savdo, ombor va bir nechta filialni bitta joydan boshqarish imkonini beradi va bugun 10+ doʻkonda ishlaydi.
easysale.uz
Loyihangizni muhokama qilamiz
4 ta qisqa savolga javob bering, narx va muddatni aytamiz.