Xizmatlar
Biznesni avtomatlashtirish
Savdo, ombor va filiallarni bitta tizimda koʻrasiz. Mavjud dasturlaringiz (1C, ombor tizimi) bilan bogʻlaymiz, takroriy ishlarni AI bajaradi.
- Narx
- $6,000 dan
- Muddat
- Bosqichma-bosqich
Kimlar uchun
- 01
Filiallari bor doʻkonlar tarmogʻi
Har bir filialning savdosi va qoldigʻi real vaqtda.
- 02
Ishlab chiqarish va ustaxonalar
Buyurtma, xomashyo va tayyor mahsulot hisobi.
- 03
Distribyutor va ulgurji savdo
Mijozlar, qarzdorlik, ombor va yetkazib berish.
Nimalar kiradi
- Savdo, ombor va filiallar hisobi
- Xodimlar rollari va huquqlari
- Hisobotlar
- 1C va boshqa dasturlar bilan integratsiya
- Kerak boʻlsa AI: hujjatlarni oʻqish, yozishmalarni saralash
Loyihalarimizdan
Goodwell
Biznes tizim va integratsiya
Brendning butun mamlakat boʻylab doʻkonlarini boshqaradigan tizim, ularning ichki ombor tizimi bilan bogʻlangan.
EasySale
Oʻz mahsulotimiz
Chakana savdo uchun ERP/POS tizimi: savdo, ombor va filiallar. 10+ doʻkonda ishlaydi.
easysale.uz
Narx
$6,000 dan
Bu boshlangʻich narx. Aniq narx funksiyalar va integratsiyalarga bogʻliq: bepul suhbatdan keyin yozma taklif beramiz.
Barcha narxlar va narx nimaga bogʻliqQanday ishlaymiz
- 01
Bepul suhbat
Vazifangizni tushunamiz: hozir qanday ishlaysiz, nima kerak, qaysi dasturlar bilan bogʻlash kerak.
- 02
Taklif va narx
Yozma taklif yuboramiz: narx, muddat va bosqichlar.
- 03
Ishlab chiqish
Bosqichma-bosqich ishlaymiz, har bir bosqich natijasini oʻzingiz sinab koʻrasiz.
- 04
Ishga tushirish
Ishga tushiramiz, xodimlaringizga koʻrsatamiz va keyin ham qoʻllab-quvvatlaymiz.
Savollar
Biznesni avtomatlashtirish narxi qancha?
Biznes tizim $6,000 dan boshlanadi. Narx filiallar, modullar va integratsiyalar soniga bogʻliq. Avval eng kerakli qismini qilib, keyin kengaytirish mumkin.
Tayyor dastur olsak boʻlmaydimi?
Agar tayyor dastur jarayoningizga toʻliq mos kelsa, biz ham shuni maslahat beramiz. Buyurtma tizim jarayoningiz oʻziga xos boʻlsa yoki bir nechta dasturni bogʻlash kerak boʻlganda foydali.
1C yoki mavjud ombor dasturimiz bilan bogʻlay olasizlarmi?
Ha. Masalan, Goodwell doʻkonlar tarmogʻi tizimini ularning ichki ombor tizimi bilan bogʻlaganmiz.
Excel’dagi ma’lumotlarimiz nima boʻladi?
Mahsulotlar, mijozlar va qoldiqlarni yangi tizimga koʻchiramiz, hech narsani qaytadan kiritishingiz shart emas.
Tizimni bosqichma-bosqich joriy qilsa boʻladimi?
Ha, biz shunday ishlaymiz: avval bitta jarayon yoki filial, keyin qolganlari.
Sizga ham shunday tizim kerakmi?
4 ta qisqa savolga javob bering, narx va muddatni aytamiz.