Xizmatlar
Telegram bot yaratish
Buyurtmalar, yozilishlar va mijozlar savollari Telegram guruhda yoʻqolmasin. Bot ularni qabul qiladi, javob beradi va hammasini jadvalga yozadi.
- Narx
- $400 dan
- Muddat
- 1–2 hafta
Kimlar uchun
- 01
Ustaxona va servis
Buyurtma qabul qilish, navbat va tayyor boʻlganda mijozga xabar.
- 02
Doʻkon va restoran
Katalog yoki menyu, buyurtma va yetkazib berish manzili.
- 03
Salon va klinika
Qabulga yozilish, eslatmalar va bekor qilish.
Nimalar kiradi
- Buyurtma va yozuvlarni qabul qilish
- Katalog yoki menyu
- Sizga va xodimlarga bildirishnomalar
- Ma’lumotlarni jadvalga yozish
- Serverga joylash va ishga tushirish
Loyihalarimizdan
Ustaxona Jadval
Telegram bot
Ustaxonaning qogʻoz daftarini almashtirgan bot: buyurtmalar endi daftarda emas, botda yoziladi.
t.me/jadval_ustaxonabotGoodwell Catalog
Telegram bot
Goodwell mahsulotlari katalogi Telegram ichida.
t.me/goodwellcatalog_bot
Narx
$400 dan
Bu boshlangʻich narx. Aniq narx funksiyalar va integratsiyalarga bogʻliq: bepul suhbatdan keyin yozma taklif beramiz.
Barcha narxlar va narx nimaga bogʻliqQanday ishlaymiz
- 01
Bepul suhbat
Vazifangizni tushunamiz: hozir qanday ishlaysiz, nima kerak, qaysi dasturlar bilan bogʻlash kerak.
- 02
Taklif va narx
Yozma taklif yuboramiz: narx, muddat va bosqichlar.
- 03
Ishlab chiqish
Bosqichma-bosqich ishlaymiz, har bir bosqich natijasini oʻzingiz sinab koʻrasiz.
- 04
Ishga tushirish
Ishga tushiramiz, xodimlaringizga koʻrsatamiz va keyin ham qoʻllab-quvvatlaymiz.
Savollar
Telegram bot yaratish narxi qancha?
Oddiy bot $400 dan boshlanadi. Toʻlov qabul qilish, CRM yoki ombor bilan bogʻlash, admin panel kabi funksiyalar narxni oshiradi. Aniq narxni bepul suhbatdan keyin aytamiz.
Bot qancha vaqtda tayyor boʻladi?
Oddiy bot odatda 1–2 haftada tayyor boʻladi. Murakkab botlarni bosqichma-bosqich topshiramiz.
Bot toʻlov qabul qila oladimi?
Ha, botni Click va Payme orqali toʻlov qabul qiladigan qilib ulaymiz.
Bot mijozlar savollariga oʻzi javob bera oladimi?
Ha. Kerak boʻlsa, AI katalogingiz va ma’lumotlaringiz asosida mijozlarga javob beradi, murakkab savollarni esa xodimingizga yuboradi.
Bot ishlashi uchun nima kerak?
Bot serverda ishlaydi. Uni sizning serveringizga yoki bizning serverimizga joylaymiz va hammasini oʻzimiz sozlaymiz. Bizning serverimizda boʻlsa, server xarajatini siz toʻlaysiz.
Sizga ham shunday tizim kerakmi?
4 ta qisqa savolga javob bering, narx va muddatni aytamiz.